Sun. Apr 28th, 2024

Respublika radiologiya va onkologiya markazi Qo‘qon shahar filialida Qo‘qon shahar hokimi boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda.

 

Marufjon Usmonovning bergan ko‘rsatmalariga binoan, bugun shifoxonadagi palatalarga sun’iy nafas olish uskunalari, 20 ta funksional yotoqlar, 20 ta tumbochka, 2 ta muzlatgich keltirib, o‘rnatildi.

 

Ayni paytda, shifoxonani kapital rekonstruksiya qilish loyihasi ishlab chiqilmoqda. Ertaga shifoxonaga ventilyator va kondisionerlar ham keltiriladi.

 

Prezidentimizning 2020 yil 10 fevraldagi qaroriga asosan, gematologiya va transfuziologiya xizmatlarini rivojlantirish, onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashda maqsadida 2020-2024 yillarda gematologiya sohasini rivojlantirish uchun 546 milliard so‘mdan ziyod va 71 million dollar mablag‘ yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.