Sun. May 19th, 2024

Jami “Zamon qurilish montaj” korxonasi tomonidan 10 kilometr yangi oqova tarmoqlarini barpo etish rejalashtirilgan bo‘lib, ayni paytda bir necha ko‘chalarda ishlar nihoyasiga yetkazildi.

Aholining ijtimoiy muammolarini hal etish va farovonligini yana-da yuksaltirishga qaratilgan loyiha doirasida yuzlab fuqarolar istiqomat qiladigan hudud qamrab olingan.

Prezidentimizning “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yana-da yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan ushbu ishlarga 3 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.