Bayram dasturxoni uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va mahalliy dilerlar tomonidan ulgurji narhlarda yetkazib berilmoqda.
Ayniqsa go‘sht, gurunch, un, sabzavotlar rastalari bayram oldidan navbat va to‘polonsiz bozor-uchar qilib olish istagida bo‘lgan haridorlar bilan gavjum.
Yarmarkada savdoga chiqarilayotgan mahsulotlar sifati Sanitariya-epidemiologiya va aholi salomatligi markazi Qo‘qon shahar bo‘limi mutahassisilari tomonidan nazorat qilib borilmoqda.
Yarmarkada ishtirok etayotgan tadbirkorlar keng assortimentdagi mahsulotlarini eng arzon va hamyonbop narhlarda taklif etmoqdalar.
Har qanday mijoz ehtiyoji va talablarini qondira oladigan qadoqlangan bayram sovg‘alari, yangi yil o‘yinchoqlari, archa bezaklari Qo‘qon shahri va atrof tumanlardagi aholi, turli millat vakillarini o‘ziga jalb etmoqda.