Fri. May 24th, 2024

Yangi o‘quv yilidan Farg‘ona viloyati bo‘yicha har bir shahar va tumandan tanlab olingan bittadan maktabda sinov tariqasida Yaponiya ta’lim tajribasi tatbiq etilishi belgilangan.

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan 6-davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabida pedagoglar va ota-onalar bilan muloqot qilib, Yaponiya ta’lim tajribasini joriy etishda o‘qituvchilar va ota-onalar hamkorligini ta’minlash masalalarini muhokama etdi.

Ushbu maqsadda maktabda o‘qituvchilar uchun alohida metodik xona ajratildi. Yangi jixoz va uskunalar keltirilmoqda.