Mon. Mar 4th, 2024

Xususan davlatimiz rahbarining Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘qon shahridagi 29-davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabida futbol, voleybol va basketbol maydonlari, vorkaut maydonchasi barpo etilmoqda.

Qo‘qon shahar hokimi bu yerda olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, mutsaddilarga ishlarni o‘z vaqtida, sifatli qilib bajarish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Darxaqiqat, yangi zamonaviy sport maydonlarini tashkil etilishi nafaqat maktab o‘quvchilari, balki atrof-hududlardagi uyushmagan yoshlar va turli yoshdagi mahallalar aholisini muntazam sport mashg‘ulotlariga jalb etish uchun qulay sharoit yaratishi kutilmoqda.