Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov o‘zi tahsil olgan 6-davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda ishtirok etdi.
Marufjon Usmonov mamlakatimizda so‘nggi yillarda ta’lim-tarbiya sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor, ushbu e’tibor samarasi ularoq davlatimiz rahbarining Farg‘ona viloyatiga tashrifidan so‘ng shahrimizdagi ta’lim muassasalarida olib borilgan ulkan bunyodkorlik ishlari xususida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbirda maktab o‘quvchilari ham turli sahna ko‘rinishlari, raqs, kuy va qo‘shiqlarda Ona-Vatanga muhabbat, ta’lim berayotgan o‘qituvchilariga hurmat kabi milliy qadriyatlarimizni namoyish etdilar.