Tue. Jun 25th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov o‘zi tahsil olgan 6-axborot texnologiyalariga ihtisoslashgan davlat umumta’lim maktabida o‘tkazilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.

 

Shahar hokimi davlatimiz rahbarining maktabni tamomlagan o‘quvchilarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshitirib, kelgusi hayotlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

 

Marufjon Usmonov har bir o‘quvchi, ularning muallimlari va ota-onalar bilan suhbatda bo‘lib, kelajakdagi rejalari, mavjud muammo-masalalar bilan qiziqdi.

 

Maktab bitiruvchilari hokimga e’tibor uchun o‘z minnatdorchiliklarini izxor etib, yurtimiz ravnaqi uchun fidokorona xizmat qilishlarini bildirdilar.