Fri. Apr 19th, 2024

Qo‘qon shahar Xotin-qizlar Kengashining ushbu tashabbusi 5-Bolalar musiqa va san’at kollejida xotin-qizlar o‘rtasida milliy madaniyatimizni targ‘ib qilish, ma’naviyatini yuksaltirish maqsadida o‘tkazilgan badiiy-madaniy tadbirda xalq ta’limi bo‘limi mutasaddilari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

 

👩‍⚖️ Tadbirda milliy raqs, musiqa va kuylarimiz, ayol-qizlar o‘rtasida o‘zbekona odob-ahloq va madaniyatni targ‘ib etuvchi liboslar, maktab formalari namoyishi o‘tkazildi.

 

Qo‘qon shahar Xotin-qizlar Kengashi raisi Lolaxon Nazirova yuqori saviyada tashkil etilgan tadbir ayollar va qizlar o‘rtasida milliy madaniyatimizni targ‘ib etishga xizmat qilishiga ishonch bildirib, o‘zbekona kiyinish odobini targ‘ib etuvchi liboslar ko‘rgazmalarini barcha ta’lim muassasalarida muntazam ravishda o‘tkazib borishni taklif etdi.