Xususan, 64-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Sadaf” qurilish korxonasi tomonidan mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Prezident qaroriga asosan, qurilish ishlariga hukumatimiz tomonidan 4 milliard so‘mga yaqin mablag‘ ajratilgan.
Ayni paytda, bolalar bog‘chasining tashqi fasadlari yangilanib, termoizolyatsiya qoplamasi bilan qoplanmoqda. Tashkilot hududida yangi, mustahkam plita qoplamalari yotkizilmoqda.
Bog‘chadagi guruhlarda ham ta’mirlash ishlari olib borilmoqda, taxta pollar, rom va eshiklar, sanitariya va isitish tizimlari yangilanmoqda. Ta’mirlash ishlarini joriy yilning noyabr oyiga qadar nihoyasiga yetkazish rejalashtirilgan.