Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Sat. Dec 7th, 2024


31 maktabgacha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan tadbirda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari ham ishtirok etdilar. Milliy qadriyatlarimizni mustahkamlash va ayniqsa yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish maqsadida o‘tkazilgan marosimda milliy an’analarimizga asosan, sumalak solinib, chalpak pishirildi.

Marufjon Usmonov sumalak kavlab, yurtimizga omonlik, yurtboshimizga sihat-salomatlik tilab, niyat qildi. Yoshi ulug‘ ayollar dasturxon atrofida suhbat qurib, mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik totuvlik, yangilanish, bunyodkorlik ishlariga shukronalik bilan duo qildilar.

Bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari milliy kuy-qo‘shiqlar va raqslar, she’r va tomoshalar namoyish etib, tomoshabinlarni hushnud etdilar. Shahar hokimi bolalar tomonidan yasalgan hunarmandchilik mahsulotlarini ko‘zdan kechirib, shirinliklar ulashdi.

📌 Ma’lumot uchun: 2022 yilda Farg‘ona viloyati maktabgacha ta’lim qamrovi bo‘yicha mamlakatimizda birichi o‘ringa chiqdi. Qo‘qon shahrida 2022 yil yakuni bo‘yicha 3-7 yoshdagi bolalar soni 18 ming 902 nafarni tashkil etib, umumiy hisobda 201 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 15 ming 547 nafar bolalar tarbiyalanmoqdalar. 2022 yilda ushbu ko‘rsatkich 82,3 foizni tashkil etdi.

Click to listen highlighted text!