Thu. Jul 25th, 2024

Xususan, “Istiqbol” mahallasida yolg‘iz keksalar, ko‘p bolali oilalar, ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolardan xabar olinib, qurbonlik nasibasi yetkazildi.

Xalqimizga xos bo‘lgan ezgu qadriyatlar asosida mahalla mutasaddilari aholini bayram bilan muborakbod etib, mavjud muammollar bilan qiziqdilar.

Prezidentimizning “Qurbon hayitini munosib nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida 40 tadan ziyod xonadonlarga tashrif buyurilib, fuqarolarga bayramona kayfiyat bahshida etildi. Shu kabi saxovat tadbirlari Qo‘qon shahridagi barcha mahallalarda o‘tkazildi.