Tue. Jun 25th, 2024

Konstitutsiyamizning 76-moddasiga asosan “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir”.

Mahallalardagi xotin-qizlar faollari, qaynona-kelinlar ishtirokida Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan seminarda milliy qadriyatlarimizni rivojlantirish, mustahkam oila qurishning ma’naviy va ijtimoiy asoslari, ijtimoiy hayotda oilada va qarindoshlar o‘rtasida vujudga keladigan ziddiyatlarning oldini olish bo‘yicha maslahatlar va amaliy ko‘nikmalar berildi.

Amiriy kutubxonasida interaktiv, faol uslubda o‘tkazilgan seminarda mavzuga doir maslahatlar sahna ko‘rinishlari, she’r va qo‘shiqlar yordamida, badiiy ko‘rinishda yetkazildi.

Seminarda tajribali psixologlar ishtirokchilar bilan samimiy muloqot qilib, oilaviy masalalar yuzasidan ko‘plab savollariga javob berdilar.