Xususan, 20-“G‘ishtko‘prik” mahallasida nahorgi osh damlanib, aholiga tortiq etildi. Ehtiyojmandlar holidan xabar olinib, rizq-nasibasi yetkazildi.
Tadbirga Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham tashrif buyurib, barchani bayram bilan muborakbod etdi. Halqimizga xos ezgu qadriyatlar, qadimdan rivojlanib kelgan urf-odatlarimiz, mamlakatimizda va shahrimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari xususida ma’lumot berdi.