Wed. Apr 17th, 2024

Xususan, 51-“Zilol” mahallasida Farg‘ona shahar Tatar millliy madaniyat markazi tomonidan o‘tkazilgan ijodiy uchrashuvda mahalladagi turli millat vakillari ishtirok etdilar. Tadbirda tatar milliy kuy-qo‘shiqlari yangrab, raqs va tomoshalar namoyish etildi.

Mahalla raisi Muniraxon Botirova Tatar millliy madaniyat markazi mutasaddilariga mahalla aholisi nomidan minnatdorchilik izxor etib, ushbu tadbir tatar madaniyatini keng targ‘ib etish, millatlararo totuvlikni yanada mustahkamalashga xizmat qilishga ishonch bildirdi.