Sat. Jun 22nd, 2024

Xususan, “qizil” toifaga kiritilgan “Yangiobod” mahallasida o‘tkazilgan konsert dasturi va kinofil’m namoyishida ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiladigan yuzlab fuqarolar faol ishtirok etdilar.

Iqtidorli san’atkorlar, suxandonlar tomoshabinlar bilan interaktiv muloqot qilib, viktorina, konkurs va raqslar bilan tadbir darajasini eng yuqori nuqtada ushlab tura oldilar.

Mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, aholiga ko‘tarinki kayfiyat bahshida etish maqsadida tashkil etilgan madaniy tadbir turli yoshdagi fuqarolarda eng yaxshi tuyg‘u va hissiyotlarni uyg‘otish, o‘zaro bag‘rikenglik va bunyodkorlik kayfiyatini mustahkamlashga imkon berdi.