Xususan “Toshkentlik guzar” mahallasida o‘tkazilgan tadbirda tantanalar turli yoshdagi mahalla aholisi va harbiylar ishtirokidagi “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostidagi tantanali yurish bilan boshlandi.
Harbiy orkestr sadolari ostida mahalla aholisi umuminsoniy qadriyatlar, Ona Vatanga bo‘lgan sadoqatini namoyish etdilar.
Mahalla guzarida taniqli shoir va yozuvchilar, el suygan san’atkorlar ishtirokida mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, Prezidentimizning xalqaro arenada olib borayotgan pragmatik, tinchlikparvar siyosati, jamiyatimizda inson qadrini ulug‘lash, aholi farovonligini oshirish, ayniqsa yoshlarimizni bilimli har tomonlama barkamol inson etib tarbiyalash kabi Yangi O‘zbekiston g‘oyalari xususida so‘z bordi.
San’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlarda xalqimizning azaliy qadriyatlari, vatanparvar mavzular o‘rin oldi.
Bayram tadbirida ishtirok etgan harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari his tuyg‘ulari jo‘sh urib olqishlagan mahalla ahlining hurmat va e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
Ko‘tarinki kayfiyatda, raqs va tomoshalar o‘zgacha shukuh bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda aholi madaniy hordiq chiqarib, qadriyatlarimizni yana bir bor yodga olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.