Sun. May 12th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov “Shikorbegi” mahallasida o‘tkazilgan saxovat tadbirida ishtirok etdi.

Mahalladagi ehtiyojmandlar, nuroniylar va ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolar uchun Ramazon oyi munosabati bilan dasturxon yozildi. Qo‘r’on-tilovat qilinib, yurtga tinchlik-hotirjamlik, dasturxonimizga to‘kin-sochinlik, Yurtboshimizga sog‘liq-salomatlik tilandi.

Marufjon Usmonov mamlakatimizda amalga olshirilayotgan konstitusion islohotlar, konstitusiyamizga kiritilayotgan o‘zgartirishlar xususida ma’lumot berdi.

❗️Xususan, Konstitusiyaning 43 – moddasida Davlat fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘rishi belgilab qo‘yilayotgani ta’kidlab o‘tildi.