Wed. Apr 17th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 20-“G‘ishtko‘prik” va 25-“Qipchoqariq” mahallalari tomonidan bayram munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdi.

Turli millat vakillari, xalqimiz madaniyati bilan tanishish uchun kelgan xorijiy mehmonlar, mahallalardagi yoshlar va nuroniylar uchun dasturxon yozilib, baxorgi taomlar tortiq etildi.

Shahar hokimi barchani bayram bilan qutlab, so‘nggi yillarda mamlakatimizda davlatimiz rahbari rahnamoligida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Bayram tadbirida milliy va jaxon estradasi kuy-qo‘shiqlari ijro etilib, ishtirokchilarga bayram kayfiyati ulashildi.