Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov O‘zbekiston Respublikasi Hakamlik sudlari assosiasiyasi tomonidan Qo‘qon shahridagi mahallalar raislari va o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tkazilgan seminar treningda ishtirok etdi.
🔅 Shahar hokimi davlatimiz rahbharining tashabbuslari bilan sud-huquq tizimini isloh qilish, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida to‘xtalib o‘tib, hakamlik sudlari instituti fuqarolar va yuridik shaxslar o‘rtasidagi nizolar va kelishmovchiliklarni samarali hal etish tizimi ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Seminarda Hakamlik sudlari assosiasiyasi mutasaddilari O‘zbekiston Respublikasining Hakamlik sudlari to‘g‘risidagi qonuni (https://lex.uz/docs/1072079), hakamlik sudlarining afzalliklari xususida ma’lumot berib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdilar.