1-sektor rahbari, Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov G‘oziyog‘liq mahallasi hududida eko-bozor tashkil etish bo‘yicha tadbirkordan kelib tushgan murojaatni ko‘rib chiqdi. Mahallada eko-bozor uchun taklif etilayotgan hududni ko‘zdan kechirgan shahar hokimi mutasaddilarga tadbirkorning tashabbusini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.