Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Milliy an’analarimizni o‘sib kelayotgan yosh avlodga yetkazish, mahalla ahliga ko‘tarinki kayfiyat baxshida eish maqsadida 53 -“Bo‘ston” mahallasida bo‘lib o‘tgan sumalak sayli va sport sog‘lomlashtirish tadbirlarida fuqarolar bilan bir qatorda mahalla yaqinidagi maktab o‘quvchilari ham faol ishtirok etdilar.
Shaxmat-shashka, tennis o‘yinlari, 5000 qadam marafonida Vatanni madh etuvchi milliy kuy-qo‘shiqlar sadolari ostida turli yoshdagi yuzlab ishtirokchilar qatnashdilar.
Sog‘liqni saqlash mutasaddilari ishtirokchilarga sog‘lom turmush tarzi, sog‘lom ovqatlanish, jismoniy tarbiya va sportning inson hayotida tutgan o‘rni xususida ma’lumot berdilar.
Tadbirlarda ishtirok etgan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi mutasaddilari, nuroniyldar va keng jamoatchilik vakillari barcha ayol-qizlarni kirib kelayotgan bayram bilan muborakbod etdilar.