Fri. Mar 29th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 1 – Bolalar va o‘smirlar sport maktabidagi kovid markazini bemorlarni qabul qilish uchun shay holatga keltirish, zarur anjomlar bilan ta’minlash, markaz hududini obodonlashtirish yuzasidan mutasaddilarga vazifalar belgilab berdi.

 

Shahar hokimi jaxondagi va mamlakatimizdagi epidemiologik holatni inobatga olgan holda, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan kiritilgan yangi karantin cheklovlari Qo‘qon shahrida ham epidemiologik vaziyatni doimiy nazorat qilish, sog‘liqni saqlash muassasalari va kovid markazlarining bemorlarni qabul qilish imkoniyatini oshirishni taqozo etayotganini ta’kidlab o‘tdi.