Tue. Jun 18th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 40-“Nurafshon” mahallasi hududida joylashgan “Ko‘k to‘nli ota” ziyoratgohini ta’mirlash va zamonaviy ko‘rinishga keltirish loyihalarini muhokama etdi.

Mahalla mutasaddilari, ko‘p yillardan beri mahallada istiqomat qilib kelayotgan nuroniylar ishtirokida yangi ziyorat maskanini barpo etish, bu yerga kelayotgan ziyoratchilar uchun munosib infratuzilma sharoitlarini yaratish masalalari yuzasidan fikr almashildi.