Tue. Jun 25th, 2024

Ushbu sana munosabati bilan Qo‘qon shahar hokimligi faollar zalida tashkil etilgan tantanali marosimda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etdi.

Marufjon Usmonov mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor, nodavlat ta’lim yo‘nalaishida faoliyat yuritayotgan muassasalar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar xususida to‘xtalib o‘tib, Intellekt Ziyo o‘qituvchi va o‘quvchilarini muborakbod etdi.

Darhaqiqat so‘nggi yillarda ushbu ta’lim muassasasida tahsil olgan yoshlar turli sohalarida samarali faoliyat yuritib kelmoqdalar. O‘tgan yili ham ushbu o‘quv dargohi bitiruvchilarining aksariyati oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilindi.

Qo‘qon shahar hokimi fan olimpiadalari, sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishgan maktab uquvchilari, ularning ustozlari va ota-onalarini qutlab, Sertifikatlar va esdalik sovg‘alarini tantanali ravishda topshirdi.