Hurmatli tadbirkorlar!
Qo‘qon shahridagi ijtimoiy soha ob’ektlaridagi issiqlik tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizasiya qilish bo‘yicha tender komissiyasi 4 ta loyiha bo‘yicha ijtimoiy muassasalarning issiqlik tizimini modernizasiya qilish bo‘yicha tender e’lon qiladi.
Tenderda sohada kamida 5 yil tajribaga ega O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘xatidan o‘tgan yuridik shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
Talabgorlar tenderda ishtirok etish uchun xujjatlarini Qo‘qon shahar hokimligi 22-xonada joylashgan Tender komissiyasiga topshirishlari mumkin. Talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati bilan Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy saytida tanishishingiz mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun aloqa telefonlari:
90 292 93 10
73 542 31 08
90 566 71 22