Feysbukdagi “Qo‘qonjonim” guruhida Qo‘qon shahridagi Hunarmandlar shaharchasi bo‘yicha yo‘llangan murojaat yuzasidan Qo‘qon shahar hokimligi matbuot xizmatining rasmiy javobi
Ijtimoiy tarmoqdagi murojaat mutasaddilar tomonidan o‘rganildi. O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, Hunarmandlar shaharchasi rahbari o‘z vazifasidan ozod etilib, yangi rahbar tayinlandi.
Ayni paytda shaharcha hududidagi noqonuniy qurilmalar demontaj qilinmoqda. Tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borildi.