Shahrimizda faoliyat olib borayotgan Respublika ishchi guruhi tarkibidagi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mutasaddilari tashabbusi bilan Qo‘qon shahar Tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda mahallada ayollar salomatligini mustahkamlash maqsadida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tor doiradagi mutaxassislar ishtirokida bo‘lib o‘tgan ko‘rikda ayol-qizlar salomatligi tekshiruvdan o‘tkazilib, surunkali hastaliklarga chalingan bemorlarga bepul dori vositalari topshirildi.