Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Buyuk allomalar muzeyida tashkil etilgan ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi.
“Sharq Yangi yili va Navro‘z” Xitoy va O‘zbek xalqlarining azaliy qadriyatlari mavzusida o‘tkazilgan ilmiy amaliy konferensiyada O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekistonning Xitoy xalq respublikasidagi elchixonasi vakillari, shahrimiz madaniyat va san’at fidoiylari, hunarmandlar ishtirok etdilar.
Xitoyning Sinzszyan-Uyg‘ur avtonom okrugidagi Kuytun jaxon hunarmandlari shahri vakillari bilan videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan muloqotda mamlakatlarimiz o‘rtasida madaniy aloqalarni mustahkamlash, Qo‘qon va Kuytun’ shaharlari o‘rtasida hunarmandchilikni rivojlantirish maqsadida hamkorlik qilish kabi masalalar muhokama etildi.
Konferensiya so‘nggida ishtirokchilar Kuytun shahri tomonidan Qo‘qonga do‘stlik ramzi sifatida sovg‘a qilingan portretlar galereyasi bilan tanishdilar.