Wed. Jun 26th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ichki ishlar idoralari mutasaddilari ishtirokida Qo‘qon shahridagi sanoat bozorlarida noqonuniy valyuta ayirboshlash va firibgarlik jinoyatlarini sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslar bilan profilaktik suhbat olib bordi.

 

Gumondor shaxslarning o‘z qilmishidan afsusda ekanligi, uzr so‘rab, ushbu faoliyat bilan qaytib shug‘ullanmasiligini bildirgani, halol yo‘l bilan tirikchilik qilish istagini bidirganini hisobga olgan holda prosessual harakatlar to‘xtatildi.

 

Gumondor shaxslarga qayta ushbu jinoyatlarni sodir etgan taqdirda qonunda belgilangan jazo choralari ko‘rilishi bilan bir qatorda, mahallalarda keng jamoatchilik ishtirokida muhokama etilishi tushuntirildi.