Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, mutasaddilar hamrohligida, 54-bolalar bog‘chasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Davlatimiz rahbarining Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida berilgan ko‘rsatmalar ijrosi doirasida tuzilgan Respublika ishchi guruhi tashabbusi bilan bolalar bog‘chasining fasadi, tomi, guruhlar, bolalar maydonchalari va sanitariya tizimlari mukammal ta’mirlanmoqda.
Bolajonlarni sport mashg‘ulotlariga keng jalb etish maqsadida futbol va basketbol maydonchalari ham barpo etildi.
Marufjon Usmonov mas’ullarga qurilish ishlarini sifatli qilib, o‘z vaqtida bajarilishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratish yuzasidan vazifalar belgilab berdi.