Ayni paytda bu yerda yangi oqova tarmog‘i o‘tkazilib, tizimlar yangilandi. Ta’lim muassasasi binolarining fasadlari ta’mirlanmoqda.
Ushbu hududda istiqomat qiladigan aholi e’tirozlariga sabab bo‘lgan bog‘chaning tashqi hojatxonasi ham yangitdan qurilmoqda va oqova tarmog‘iga ulanmoqda.
Rejada bolalar maydonchalarini ham yangilash, guruhlarni ko‘rkam ko‘rinishga keltirish nazarda tutilgan.
Prezidentimizning Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida tuzilgan Respublika ishchi guruhi tashabbusi bilan bu yerdagi ishlar “Agrobank” va “Suvta’minot” aksiyadorlik jamiyatlari homiyligida amalga oshirilmoqda.