Davlatimiz Mustaqilligi shodiyonalari arafasida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, tarbiyachilar, ota-onalar, mahalla tizimi va pudratchi tashkilot mutasaddilari ishtirok etdilar.
Tadbirda davlatimiz rahbarining Qo‘qon shahriga tashrifidan so‘ng ro‘y bergan o‘zgarishlar, amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari e’tirof etildi. O‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash masalalari muhokama etildi.
Marufjon Usmonov amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirib, mukammal ta’mirlash ishlariga o‘z hissasini qo‘shgan mas’ullarga o‘zining samimiy minnatdorchiligini bildirdi.