Davlatimiz rahbarining Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida berilgan ko‘rsatmalar ijrosi doirasida tuzilgan Respublika ishchi guruhi sa’y-harakatlari bilan bu yerda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.
Tantanali marosimda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ishchi guruh mutasaddilari, ta’lim tashkiloti tarbiyachilari, bolajonlar va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.
Marufjon Usmonov shahrimizda davlatimiz rahbarining tashrifidan so‘ng amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar barcha rahbarlar va ta’lim sohasi mutasaddilariga alohida mas’uliyat yuklashini ta’kidlab o‘tdi.
“Bilimli va iqtidorli yoshlarni tarbiyalash bilan albatta Yurtboshimizni ishonchini oqlaymiz”, dedi shu jumladan Marufjon Usmonov.