Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 14-davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan kapital ta’mirlash va qurilish ishlari bilan tanishdi. Ayni paytda maktabning eski binolari ta’mirlanib, hudud obodonlashtirilmoqda, yangi yo‘laklar, gulzorlar barpo etilmoqda. Maktabning ikkita binosini birlashtiradigan xoll qurilishi nihoyasiga yetmoqda.
“Dom stroy komfort” MChJ qurilish korxonasi tomonidan 9.5 milliard so‘mlik ishlar bajarildi.
Maktabda 200 o‘rinlik yangi o‘quv binosi, faollar, sport zallari, oshxona uchun mo‘ljallangan binolarning qurilishi nihoyasiga yetkazilmoqda.