Tantanali ochilish marosimida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov boshchiligida bir guruh mutasaddilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Shahar hokimi davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan mamlakatimizda maktab ta’limini rivojlantirish, o‘quvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tib, barchani yangi o‘quv maskani bilan muborakbod etdi.
Hukumatimiz qarori bilan 1 milliard 800 million so‘m ajratilgan 1-davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabida kapital ta’mirlash ishlari bajarilib, 680 o‘rinli yangi bino qurib berildi. Sinfxonalar zamonaviy ko‘rinishga keltirilib, jixozlandi. Maktabda yangi sport zal, yuvinish xonalari, vork-aut maydonchalari, laboratoriyalar ham foydalanishga topshirildi.
Tantanali tadbirda loyihalash va qurilish-ta’mirlash ishlarini bajargan tashkilotlar ham e’tirof etilib ularning rahbarlariga esdalik sovg‘alari va Qo‘qon shahar hokimining tashakkurnomalari topshirildi.
Maktabni ko‘p yillar oldin bitirib ketgan o‘quvchilar, ayni paytda tahsil olayotgan bolalarning ota-onalari ham zamonaviy, qulay va shinam maktb uchun o‘z minnatdorchiliklarini izxor etdilar.
Maktab o‘quvchilari ham raxmatlarini ijro etgan she’r va qo‘shiqlarda ifoda etib, faqat a’lo baholarga o‘qishni va’da qildilar.