Navro‘z bayrami arafasida Qo‘qon shahridagi mahallalarda faollar xalqimizga xos ezgu qadriyatlarni namoyon etib, ehtiyojmand fuqarolarga saxovat ko‘rsatdilar.
Xususan 22-“Parpashabof” mahallasi faollari tomonidan Navro‘z bayrami munosabati bilan tashkil etilgan tadbir doirasida mahalladagi ehtiyojmandlar farzandlarining sunnat to‘ylari ham o‘tkazib berildi.
Tadbirga tashrif buyurgan Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov barchani umumxalq bayrami bilan muborakbod etib to‘y bolalarga o‘z sovg‘alarini tuhfa etdi.
Mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida barcha sohalarda amalga oshirilayotgan tub islohotlar xususida ma’lumot berdi.
Bayram tadbirida mehmonlar uchun dasturxon yozilib, badiiy dastur namoyish etildi.