Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 28-“Achiqko‘l” mahallasida yoshlar yetakchilari va hokim yordamchilari tomonidan ko‘tarilgan, bir qator yoshlarning masalalarini ko‘rib chiqdi.
Shahar hokimi har bir fuqaro bilan suhbatda bo‘lib, muammolarni joyida hal etish choralarini ko‘rdi. Xususan, harbiy xizmatga borish istagini bildirgan, lekin tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmagan fuqaro, yoshlar mehnat guzari uchun ajratilgan yer maydonida avtomobillarga xizmat ko‘rsatish shaxobchasini tashkil etish uchun uskunalar sotib olishga kredit so‘rab murojaat qilgan yosh tadbirkorning masalalari ijobiy hal etildi.