Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Qo‘qon shahar kasb hunarlarga o‘qitish maskanida yoshlarni daromadli kasblarga o‘qitish va qayta o‘qitish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Ayni paytda bu yerga Qo‘qon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va mehnat bandligi bo‘limi yo‘llanmasi asosida 100 ga yaqin yoshlar tahsil olmoqdalar.
Shahar hokimi kasb yo‘nalishlari sonini ko‘paytirish, xizmatlar bilan ko‘pproq fuqarolarni qamrab olish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Marufjon Usmonov bu yerdagi isitish tizimi, binoning qishki mavsumga tayyorgarligini ham ko‘zdan kechirib, mutasaddilarga vazifalar belgilab berdi.