Mon. Mar 4th, 2024

Hususan, iqtidorli kompozitor, “Kelajak bunyodkori” medali sohibi, O‘zbekiston kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi a’zosi – Akmal Safarovning yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etdi.

5-Bolalar musiqa va san’at maktabida o‘tkazilgan uchrashuvda Akmal Safarovning ijodiy yo‘li, erishgan yutuqlari hususida ma’lumot berildi. Maestro va musiqa maktabi tarbiyalanuvchilari noyob iqtidor egasi asarlarini ijro etib, tomoshabinlarni hushnud etdilar.

Samimiy muloqot ko‘rinishida o‘tkazilgan uchrashuv so‘nggida Marufjon Usmonov Akmal Safarovga minnatdorchilik izhor etib, bunday uchrashuvlar yoshlarning musiqa san’yatiga bo‘lgan qiziqishlarini yana-da oshirish va iqtidorlarini namoyon etishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.