Sat. Apr 27th, 2024

Qo‘qon shahar IIB boshlig‘i polkovnik A.K.Parpiyev “Otaliqqa olingan yoshlar” bilan ishlash bo‘yicha reja dasturiga hamda VM 468-son qarori bo‘yicha uyushmagan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yo‘l xaritasi ijrosi bo‘yicha yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish maqsadida 3-sektor xududidagi mahallalarda yashovchi yoshlar o‘rtasida sportning Voleybol turi bo‘yicha IIB boshlig‘i kubogi musobaqasi o‘tkazildi.

Tadbirda 200 dan ziyod yigit va qizlardan tashkil topgan yoshlardan iborat 22 ta jamoalar sovrinli o‘rinlar uchun bahs olib borishdi.

Musobaqa so‘ngida musobaqa g‘oliblari va faxrli o‘rinlarni egallagan yoshlar, sektor rahbari tomonidan, kubok, diplom, medallar hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.