Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Qo‘qon shahar Mudofaa bo‘limi tomonidan Muhtaram Yurtboshimiz boshchiligida 27 yanvar’ kuni yoshlar masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektr yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan, yoshlarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash maqsadida, Qo‘qon shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Jasorat” darslari o‘tkazilmoqda.
Shu kunga qadar shahrimizning 32, 35, 15-maktablarida o‘tkazilgan “Jasorat” darslarida bitiruvchi sinflarning 500 nafardan ziyod o‘quvchilari ishtirok etdilar.
“Jasorat” darslarida o‘quvchilarga yurtimizda o‘tgan buyuk ajdodlarimiz, ularning Vatan, yurt ravnaqi yo‘lida ko‘rsatgan jasoratlari, buyuk bobokalonlarimizning jaxon sivilizasiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi xususida ma’lumot berilmoqda. Shu bilan bir qatorda, mustaqillik yillarida O‘zbekiston uchun jonini fido qilgan, Sarosiyo to‘qnashuvlarida halok bo‘lgan harbiylarimiz ko‘rsatgan kaxramonliklar ham muhokama etilmoqda.
Darslarda yoshlarga yot g‘oyalarga ishonib, jinoyat yo‘liga kirib qolmaslik, jinoyat va huquqbuzarlikka yetaklovchi omillar xususida ham tushuntirishlar berib borilmoqda.