Fri. Jun 14th, 2024

Xususan, 2-Bolalar va o‘smirlar sport maktabi uslubchilari tomonidan Qo‘qon shahridagi 4 va 9-maktablarda olib borilgan seleksiya ishlari natijasida basketbol va voleybol to‘garaklariga 55 nafar yoshlar tanlab olindi.

 

2021 yilning birinchi choragida 200 nafardan ziyod yangi maktab o‘quvchilari sport maktabidagi to‘garaklarga qabul qilindi.

 

Bundan tashqari, 2-BO‘SMda futbol, voleybol, suzish sport turlari bo‘yicha tashkil etilgan sog‘lomlashtirish guruhlarida mahallalardagi uyushmagan yoshlar muntazam sport mashg‘ulotlariga jalb etib kelinmoqda.