Thu. Jul 25th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov sektorlar rahbarlari, ta’lim va mahalla tizimi mutasaddilari, kun tartibidagi masalalarga aloqador boshqa mas’ullarga Qo‘qon shahrida istiqomat qiladigan yoshlarni oliy va professional ta’limga jalb etish, ta’lim yo‘nalishlari targ‘ibotini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab berdi.

Muhokama chog‘ida, shuningdek yoshlarni san’at, hunarmandchilik va boshqa sohalardagi salohiyatlarni namoyon etish, iqtidor egalarini ommaviy tadbirlarga jalb etish masalalari muhokama etildi.