Thu. Apr 25th, 2024

Aholini kasb-hunarga tayyorlash bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari tomonidan mutasaddilarga, shu jumladan, profescional ta’lim sohasida xalqaro darajadagi mutahasislarni tayyorlash bo‘yicha topshiriqlar berilgan edi.

 

Qo‘qon kasb-hunar maktabida bu borada Rossiya Federatsiyasidagi hamkorlar bilan muzokaralar olib borilib, tikuvchilik sohasida masofadan xalqaro standartlar asosida ta’lim berish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

 

Bu haqda 42 nafar monomarkaz bitiruvchilariga ta’lim sertifikati topshirilishi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda ma’lum qilindi. Tikuvchilik yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kurslarini bitirgan barcha ayol-qizlar, oldindan imzolangan hamkorlik shartnomalariga asosan, doimiy ishga joylashtirildi.