Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Qo‘qon Kasb-hunar maktabida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim va hunarlarga o‘qitish saviyasini o‘rgandi.
Ayni paytda, bu yerda 872 nafar yoshlar, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan, 11 ta kasb va hunarmandchilik yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olmoqdalar. Shahar hokimi darsxonalar va ustaxonalar bilan tanishib, o‘quvchilar bilan suhbatda bo‘ldi.
Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar xususida to‘xtalib o‘tdi.
Uchrashuv so‘nggida Marufjon Usmonov Kasb-hunar maktabining bir qator iqtidorli yoshlariga esdalik sovg‘alarini topshirdi.
#ozbekiston #qoqon #yoshlar #hunar #kasb #bandlik #qoqonshaharhokimi #marufusmonov