Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, mutasaddilar ishtirokida, shahrimizdagi ta’lim maktablar va o‘rta ta’lim muassasalarida axborot texnologiyalariga o‘qitish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Mutasaddilarga maktab o‘quvchilarini informasion texnologiyalarga o‘qitish xonalarini zarur jixozlar bilan ta’minlash, sohaga ixtisoslashgan o‘rta ta’lim muassasalarida mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.