Sat. Apr 27th, 2024

7-Bolalar musiqa va san’at maktabida o‘tkazilgan tadbirda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etdi. Shahar hokimi davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan mamlakatimizda yoshlarning 5 ta tashabbus doirasida iqtidorlarini namoyon etishga qaratilayotgan e’tibor xususida to‘xtalib o‘tdi.

 

🏆 5 ta tashabbusning birinchi yo‘nalishi bo‘yicha Qo‘qon shahridagi sektorlar va mahallalarda o‘tkazilgan tanlovlarda saralab olingan 50 nafar ishtirokchilar o‘zlarining iqtidorlarini namoyish etish imkoniga ega bo‘ldilar.

 

Ko‘rik tanlovning shahar bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan qatnashchilar viloyat bosqichiga yo‘llanma oldilar.