Fri. Mar 29th, 2024

1-sektor rahbari, Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Qo‘qon kasb-hunar maktabida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish mavzusidagi yig‘ilishda ishtirok etdi.

Sektor rahbarlari, ichki ishlar idoralari mutasaddilari, mahalla faollari, maktab o‘qituvchilari hamda yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda yoshlar o‘rtasida jinoyatlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, maktab o‘quvchilarini hunar va kasbga yo‘naltirish, bitiruvchi yoshlarni bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka yo‘naltirish, mahallalardagi uyushmagan yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarni kitobxonlikka, zamonaviy axborot texnologiyalarni o‘zlashtirishga keng jalb qilish, yoshlar o‘rtasida qonunga itoatkorlik, Vatanparvarlik g‘oyalarini keng targ‘ib etish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.