Sat. Apr 27th, 2024

Vazirlar Mahkamasining “Voyaga yetmagan shaxslarga jamoat tarbiyachilarini tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan nazoratsiz va qarovsiz qolgan hamda huquqbuzarlik yoki ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan voyaga yetmagan shaxslar bilan yakka tartibda ishlash, shuningdek, ularning ota-onasiga (yoki o‘rnini bosuvchi shaxslarga) voyaga yetmagan shaxslarni tarbiyalashda amaliy yordam ko‘rsatish tartibi belgilangan.

Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Sherzodjon Raximov, Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i, general-mayor Azizbek Ikramov, Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Shavkatjon Akbarov va Qo‘qon shahrida otaliqqa olingan yoshlar tarbiyasi uchun mas’ul idora tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida Qo‘qon shahrida o‘tkaziladigan Yoshlar forumi doirasida kompleks profilaktika tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish masalalarini muhokama etib, mas’ullarga vazifalar belgilab berdilar.