Fri. Mar 29th, 2024

Qo‘qon musiqali drama teatri oldidagi Furqat bog‘ida “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik” harakati ostida o‘tkazilayotgan Yoshlar festivali doirasida taniqli estrada xonandalari ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.

 

Festival’ tadbiri o‘tkazilgan Furqat bog‘ida Ko‘qon shahri atrof tumanlarining ko‘rgazmalari, yoshlar sport musobaqalari, konkurs va viktorinalar tashkil etildi.

 

Ulkan sahna oldida vatanparvar shiorlarni xayqirib, O‘zbekiston bayroqlarini hilpiratib turgan minglab yoshlar qatorida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham yoshlar bayramini birgalikda nishonladi.

 

Sahnada ijro etildgan ko‘shiqlarda Ona Vatanga sadoqat, buyuk ajdodlarimizga muxabbat, jonajon yurtimiz, xalqimiz va Prezidentimiz uchun cheksiz g‘urur, ertanggi kunga ishonch g‘oyalari yangradi.

\

Konsert kul’minasiyasida otilgan mushaklar barcha ishtirokchilarni o‘ziga rom etib, unutilmas zavqli kayfiyat bahshida etdi.